Logo

O'zbekiston va Lixtenshteyn o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi

Mart 06, 2024. 14:18 • 43 soniya

2166
O'zbekiston va Lixtenshteyn o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi

NYU-YORK, 6-mart. /"Dunyo" AA/. Kecha Nyu-Yorkda O'zbekiston va Lixtenshteyn o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma kommyunike imzolandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Lixtenshteyn Knyazligining BMTdagi doimiy vakili Kristian Venvayzer imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo'shma hamkorlikni kuchaytirishga o'zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Hujjatning imzolanishi O'zbekiston bilan Yevropa davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.

Shu tariqa, Lixtenshteyn O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan 146-davlatga aylandi.

Eslatib o'tamiz, 18-yanvar kuni Kampala shahrida O'zbekiston Respublikasi va Uganda Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida Qo'shma kommyunike imzolangan edi. Uganda O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o'rnatgan 145-mamlakat bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish