Toshkent xalqaro aeroportida yangi "E-Gate" pasport nazorati tizimi ishga tushirildi
Noyabr 12, 2025. 18:26 • 41 soniya
• 450
TOSHKENT, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida "E-Gate" avtomatlashtirilgan pasport nazorati tizimi joriy etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri "Uzbekistan Airports" telegram-kanaliga tayanib.

Yangi o'tish joylari O'zbekiston fuqarolari uchun mo'ljallangan 8 ta elektron yo'lak bilan jihozlangan. Yo'lovchilar biometrik pasportlarini maxsus skanerga qo'yadilar va shaxsni tasdiqlash jarayonidan o'tadilar. Shundan so'ng, turniket avtomatik ravishda ochiladi. Butun jarayon taxminan 15-20 soniya davom etadi.
"E-Gate" tizimi ilk bor 2023-yilda Toshkent aeroportida - xalqaro terminalning parvozlar zalida ishga tushirilgan edi. Hozirda poytaxt aeroportida mazkur yangi o'tish joyi bilan birga avtomatlashtirilgan o'tkazish liniyalarining umumiy soni 20 taga yetdi.
Ta'kidlash joizki, "E-Gate" texnologiyasining joriy etilishi pasport nazorati vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, nazorat punktlarining o'tkazuvchanligini oshiradi va yo'lovchilar uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi