Shvetsiya parlamentida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo'yicha Do'stlik guruhi tashkil etildi
Mart 08, 2024. 13:47 • 48 soniya
• 339
STOKGOLM, 9-mart. /"Dunyo" AA/. Shvetsiya parlamentida (Riksdag) Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo'yicha Do'stlik guruhi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo'yicha Do'stlik guruhi tashkil etilgani munosabati bilan o'tkazilgan 5-mart kuni tadbirda guruh rahbari va a'zolari tanishtirildi hamda istiqboldagi vazifalar xususida fikr almashildi.
Do'stlik guruhi raisi lavozimiga 2010-2014-yillarda Shved demokratlari partiyasi yetakchisi (mamlakatdagi ikkinchi yirik partiya), 2014-2018-yillarda Riksdag spikerining birinchi o'rinbosari hamda hozirgi kunda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Shvetsiya parlamentidagi delegatsiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Byorn Syoder ma'qullandi.
Uchrashuvda, shuningdek, Markaziy Osiyo va Shvetsiya o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo'nalishlarni rivojlantirish, jumladan ushbu sohalarni yana-da faollashtirishga qaratilgan qo'shma tadbirlarni tashkil etish masalalari xususida fikr almashildi.
Tadbir yakunida Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlaridagi Shvetsiya bilan Do'stlik guruhlari hamda Riksdagdagi Markaziy Osiyo bilan hamkorlik bo'yicha Do'stlik guruhi rahbarlari va a'zolari o'rtasida aloqalarni yo'lga qo'yish, onlayn uchrashuvlar va o'zaro tashriflarni amalga oshirish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi