Logo

O'zbekiston va Qatar o'rtasida imzolangan soliq sohasidagi ikki tomonlama xalqaro shartnoma kuchga kirdi

Fevral 15, 2024. 15:18 • 46 soniya

239
O'zbekiston va Qatar o'rtasida imzolangan soliq sohasidagi ikki tomonlama xalqaro shartnoma kuchga kirdi

TOSHKENT, 15-fevral. /"Dunyo" AA/. 2023-yil 6-iyun kuni Samarqand shahrida imzolangan «O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati o'rtasida daromad soliqlari bo'yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to'lashdan bosh tortish va bo'yin tovlashning oldini olish to'g'risida»gi bitim shu yil 12-fevraldan e'tiboran kuchga kirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi O'zbekiston va Qatar o'rtasida soliq sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini shakllantirishdan iborat.

Bitim quyidagilarni nazarda tutadi:

– ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish;

– soliq to'lashdan qochishning oldini olish;

– tomonlar o'rtasida soliqqa tortish huquqlarini taqsimlash;

– soliqqa tortish orqali kamsitishlarni oldini olish.

Ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi va tomonlarning investitsiyaviy salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib o'tamiz, 11-fevral kuni O'zbekistonning Qatardagi qarorgohi Doxada bo'lgan birinchi elchisi Ashraf Xodjayev mazkur mamlakatga tashrif buyurdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish