O'zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida 223 ta korxona faoliyat yuritmoqda
Avgust 11, 2025. 10:32 • 47 soniya
• 82
TOSHKENT, 11-avgust. /Dunyo" AA/. 2025-yil 1-iyul holatiga ko'ra, O'zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida jami 223ta korxona faoliyat yuritmoqda, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, bugungacha 100ta qo'shma korxona va 123ta to'liq xorijiy korxona ro'yxatga olingan. Ushbu ko'rsatkich joriy yil boshidan buyon nemis kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 13 taga ko'payganini anglatadi.
Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalarning geografiyasi O'zbekiston hududlarini qamrab oladi. Xususan, nemis biznes ishtirokidagi korxonalarning eng katta qismi poytaxt Toshkent shahrida joylashgan. Ular 156 tani tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent (21 ta), Samarqand (15 ta), Farg'ona viloyatida (8 ta), Buxoro viloyatida (6 ta), Namangan (5 ta), Jizzax (3 ta), Andijon (2 ta), Qashqadaryo (2 ta) Navoiy (2 ta) viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida (3 ta) faoliyat yuritmoqda.
Mazkur ko'rsatkichlar O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini va mamlakatimiz investitsion muhitining jozibadorligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi