Misrlik tadbirkorlar "Jizzax-2025" xalqaro biznes-forumida ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Aprel 22, 2025. 15:44 • 45 soniya
• 156
QOHIRA, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. Jizzax viloyatiga xorijiy investitsiyalar oqimini ko'paytirish, eksport hajmini ko'paytirish va manfaatli loyihalarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida o'tkaziladigan "Jizzax – 2025" xalqaro biznes-forumida ishtirok etish uchun misrlik tadbirkorlar bilan yaqindan muzokaralar olib borildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.
Muzokaralar natijasida bir guruh yetakchi misrlik tadbirkorlar "Jizzax – 2025" xalqaro biznes-forumida ishtirok istagini bildirdi.
Bugun Misrning "Asas Altamir Contracting", "General Metals", "Power tech for Material Handling", "Monglish International Academy", "Edulixa360", "Hamed holding", "Bell Energy" va "In2Metals" kabi kompaniyalar vakillari yurtimizga yetib keldi.
Ushbu kompaniyalar bilan hamkorlikda suv ta'minoti, ta'lim, turizm, geologiya, qurilish sohalarida o'zaro manfaatli loyihalarni tadbiq etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbir yakuniga ko'ra qurilish materiallari ishlab chiqarish, zamonaviy sanoat texnologiyalarini yurtimizga jalb qilish va Jizzax viloyatining eksportbop mahsulotlarini xorijiy bozorlarga yetkazish bo'yicha kelishuvlarga erishish kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi