Logo

Polsha kompaniyasi Toshkent shahrida birinchi savdo do'konini ochmoqda

Iyul 28, 2025. 07:34 • 40 soniya

84
Polsha kompaniyasi Toshkent shahrida birinchi savdo do'konini ochmoqda

TOSHKENT, 28-iyul. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida Polshada kiyim-kechak dizaynini yaratish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanuvchi "LPP S.A." kompaniyasi tegishli "SINSAY" brendining birinchi savdo do'koni ochilmoqda, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Mazkur loyiha O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi va "LPP S.A." kompaniyasi o'rtasida bo'lib o'tgan kelishuvlar natijasida amalga oshirildi.

Poytaxtimizda ochilayotgan savdo do'konini tashkil qilish va boshqalar uchun "LPP S.A." kompaniyasi joriy yilning o'tgan davri mobaynida O'zbekistonga 67 milliard so'm miqdorida investitsiya kiritdi.

"SINSAY" brendining birinchi do'koni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi "Yunusabad Gallery" savdo markazida joylashgan. Savdo do'konining tantanali ochilish marosimi 31-iyul kuni bo'lib o'tadi.

"LPP S.A." kompaniyasi 2025-yil yakuniga qadar sarmoya hajmini 10 million AQSh dollariga yetkazish, shuningdek, O'zbekiston hududlarida 20 dan ortiq savdo do'konlarini ochishni rejalashtirilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish