O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili Afg'oniston yo'nalishidagi ikki va ko'p tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
Oktabr 22, 2025. 20:27 • 44 soniya
• 763
TOSHKENT, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti direktor o'rinbosari Mark Kleyton bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo'nalishlari muhokama qilindi.
Turli darajadagi ikki tomonlama aloqalarning o'sib borayotgan dinamikasiga e'tibor qaratilib, hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga o'zaro qiziqish bildirildi.
Shuningdek, tomonlar xavfsizlik masalalari va Afg'oniston muammosini hal etish bo'yicha ikki tomonlama hamda ko'p tomonlama hamkorlikni muhokama qildilar.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi hamda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida amaliy muloqotni yana-da rivojlantirishdan ikki tomonning o'zaro manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi