O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Lyuksemburgda bo'lib o'tgan Mintaqalararo xavfsizlik va o'zaro bog'liqlik masalalari bo'yicha vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi
Oktabr 21, 2025. 09:42 • 38 soniya
• 207
TOSHKENT, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgda bo'lib o'tgan Mintaqalararo xavfsizlik va o'zaro bog'liqlik masalalari bo'yicha vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Lyuksemburgda bo'lib o'tgan Mintaqalararo xavfsizlik va o'zaro bog'liqlik masalalari bo'yicha vazirlar uchrashuvida ishtirok etdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston xalqaro transport-logistika aloqalarini kengaytirish, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi platformalarini rivojlantirish, mintaqalar o'rtasida xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlaydigan sheriklikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishda davom etadi.
Muloqotlarimiz mintaqalararo bog'liqlik nafaqat infratuzilma, balki ishonchni mustahkamlash, innovatsiyalarni rag'batlantirish va xalqlarimiz uchun umumiy farovonlik yaratish ekanini yana bir bor tasdiqladi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi