O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Germaniya Bundestagi tashqi ishlar bo'yicha qo'mitasi a'zosi bilan uchrashdi
Oktabr 24, 2025. 20:49 • 35 soniya
• 176
TOSHKENT, 24-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov bugun Germaniya Bundestagining tashqi ishlar bo'yicha qo'mitasi a'zosi Stefan Mayer bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv davomida siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantirish, ko'p tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash, shuningdek, 2026-yilga mo'ljallangan qo'shma tadbirlar rejalarini o'z ichiga olgan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O'zbekistonda turli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va yuqori texnologiyalarini jalb qilishga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo'nalishlari bo'yicha faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi