O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Samarqandda Qatar ta'lim va oliy ta'lim vaziri bilan uchrashdi
Noyabr 03, 2025. 20:02 • 42 soniya
• 164
SAMARQAND, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyevning Qatar ta'lim va oliy ta'lim vaziri Lolva bint Rashid bin Muhammad al-Xater bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar davomida O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ta'lim, fan va madaniyat sohalarida ikki tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qatar vazirining ta'kidlashicha, Samarqand shahri mezbonlik qilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi juda yuqori darajada tashkil etilgan bo'lib, ushbu tarixiy voqea barcha musulmon dunyosining yutug'i hisoblanadi.
Lolva bint Rashid bin Muhammad al-Xater O'zbekistonni islom sivilizatsiyasiga qo'shgan ulkan hissasini yuksak baholab, Imom Buxoriy ilmiy merosini asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish bo'yicha Qatar tomoni hamkorlikka tayyoriligni ma'lum qildi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi