Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari va Belarus elchisi bo'lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

Sentabr 26, 2025. 19:51 • 30 soniya

283
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari va Belarus elchisi bo'lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov bugun Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarning ijrosi jarayoni muhokama qilindi hamda ikki tomonlama va ko'p tomonlama platformalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar yaqin davr uchun ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko'rib chiqib, amaliy natijalarga erishish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish