Logo

Oʻzbekiston va Afgʻoniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga umumiy sodiqlikni tasdiqladilar

Noyabr 02, 2025. 17:09 • 41 soniya

168
Oʻzbekiston va Afgʻoniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga umumiy sodiqlikni tasdiqladilar

TOSHKENT, 2-noyabr. /"Dunyo" AA/.  Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar beradi "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.

"Afg'oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan samarali telefon muloqotini o'tkazdik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. - Suhbatimiz chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashdik. Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga oid o'zaro sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik.

Muloqot va diplomatiya mavjud chaqiriqlarga yechim topishda hamda o'zaro tushunishni mustahkamlashning eng samarali vositasi ekanligini alohida ta’kidladik".

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish