O'zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlari Toshkentda Keng qamrovli sherikchilik to'g'risidagi deklaratsiya va Mintaqaviy va xalqaro bog'liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik memorandumini imzoladilar
Aprel 23, 2024. 14:48 • 2 daq
• 2547
TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar, Hamdo'stlik va taraqqiyot masalalari bo'yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo'stlik va taraqqiyot masalalari bo'yicha davlat kotibi Devid Kemeron janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Suhbatimiz samarali va mazmunli bo'lib, barcha sohalar bo'yicha O'zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga alohida e'tibor qaratdik. Britaniya tomonining ishbilarmon doiralar o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni va ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qadrlaymiz. Shuningdek, Keng qamrovli sherikchilik to'g'risidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bog'liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to'g'risidagi anglashuv memorandumini imzoladik".
Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniya tashqi siyosat idorasi rahbarining avvalgi tashrifi 1996-yil yanvar oyida bo'lib o'tgan edi.
Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Janubiy Koreya elchisi joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Rossiya elchisi turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini muhokama qildi


