Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Rimda bo'lib o'tgan "Aqaba jarayoni" yig'ilishida ishtirok etdi

Oktabr 15, 2025. 20:30 • 28 soniya

264
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Rimda bo'lib o'tgan "Aqaba jarayoni" yig'ilishida ishtirok etdi

TOSHKENT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaga tashrifi davomida "Aqaba jarayoni" yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Rim shahrida boshlangan "Aqaba jarayoni" yig'ilishida ishtirok etishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ushbu tadbir davlat rahbarlari, vazirlar va yuqori martabali rasmiylarni global va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish uchun bir joyga jamladi.

O'zbekiston tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotga erishishga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlarga o'z hissasini qo'shishga sodiqdir".

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish