O'zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Yaponiya elchisini qabul qildi
Oktabr 08, 2025. 17:15 • 34 soniya
• 256
TOSHKENT, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Yaponiya elchisi Takashi Hatorini qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Mamlakatimizda o'z faoliyatini yakunlayotgan Yaponiyaning O'zbekistondagi Elchisi Takashi Hatori janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanib, savdo, investitsiya, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdik.
Janob Elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, Takashi Hatori 2023-yil 12-aprel kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi