Niderlandiya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi
Yanvar 26, 2024. 19:58 • 35 soniya
• 329
TOSHKENT, 26-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Niderlandiyaning (qarorgohi Ostona shahrida) yangi elchisi Niko Sxemersdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Bugun Tashqi ishlar vazirligida Niderlandiyaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Niko Sxemers bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Shubhasiz, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy yo'nalishda ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz janob Elchining O'zbekiston–Niderlandiya munosabatlarini boyitishga qaratilgan sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga tayyormiz».
Tajribali diplomat Niko Sxemers avvalroq O'zbekistonda Niderlandiya elchisi bo'lgan Andre Karstens o'rniga tayinlandi.
Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi