O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Samarqandda Vyetnam tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi
Noyabr 04, 2025. 17:57 • 31 soniya
• 155
SAMARQAND, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun Samarqand shahrida o'tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyev Vyetnam tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Ngo Le Van bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan va dolzarb mintaqaviy masalalar bo'yicha fikr almashgan.
Vyetnamlik diplomat YUNESKO Bosh konferensiyasining ushbu sessiyasi yuqori darajada tashkil etilgani, O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va tashabbuskorligi tobora ortib borayotganini ta'kidlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi