Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Samarqandda Kuvayt ta'lim vaziri bilan uchrashdi

Noyabr 05, 2025. 12:14 • 42 soniya

168
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Samarqandda Kuvayt ta'lim vaziri bilan uchrashdi

SAMARQAND, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/. Kecha O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyevning Kuvayt ta'lim vaziri Sayyid Jalol al-Tabtabaiy bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, yuqori martabali mehmon Samarqand shahrida o'tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi samarali muzokaralar va manfaatli kelishuvlarga boy bo'lganini qayd etib, yaratilgan imkoniyatlar uchun O'zbekistonga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

Vazir O'zbekiston Prezidentining joriy yil fevral oyida Kuvaytga amalga oshirgan rasmiy tashrifiga alohida to'xtalib, ikki davlat rahbarlari o'rtasida o'tkazilgan oliy darajadagi muloqot o'zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochganini ta'kidladi.

Suhbat davomida madaniyat, ta'lim, ilm-fan va raqamli texnologiyalar yo'nalishlarida hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi hamda O'zbekistonning islom sivilizatsiyasiga qo'shgan boy madaniy merosini birgalikda o'rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish