Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Samarqandda Ukraina tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi

Noyabr 05, 2025. 12:38 • 32 soniya

397
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Samarqandda Ukraina tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi

SAMARQAND, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/. Kecha YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyev Ukraina tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Maryana Betsa bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat davomida O'zbekiston–Ukraina munosabatlarining dolzarb masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Maryana Betsa YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o'tkazilgani o'zbek diplomatiyasining katta yutug'i bo'lganini va O'zbekiston xalqaro muloqotning muhim markazi hamda dunyoga ochiqlik ramzi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlaganini ta'kidladi.

"Dunyo" AAolgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish