Samarqand shahrida Tashqi ishlar vaziri birinchi o'rinbosari Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi bilan uchrashdi
Noyabr 02, 2025. 13:25 • 42 soniya
• 224
SAMARQAND, 2-noyabr. /"Dunyo" AA/. Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Zepp Shellxorn bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, mazkur uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar o'zaro munosabatlarning yuqori darajada ekani, delegatsiyalar almashinuvi va barcha darajadagi muntazam aloqalar samarali davom etayotganini alohida e'tirof etgan.
Zepp Shellxorn O'zbekiston Prezidentining YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini tarixiy Samarqand shahrida o'tkazish tashabbusini yuksak baholadi.
Mehmon shuningdek, ushbu nufuzli xalqaro tadbirning o'tkazilishi shubhasiz, O'zbekiston va butun mintaqa nufuzi hamda rolini jahon miqyosida yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi