Sloveniya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi
Iyun 21, 2024. 17:29 • 36 soniya
• 496
TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Sloveniyaning yangi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Darya Bavdaj Kuretni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Sloveniyaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuret xonimning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston-Sloveniya o'rtasidagi ikki va ko'p tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildik. Elchi xonimga o'sib borayotgan munosabatlarimizning salmoqli salohiyatini oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz".
O'zbekiston va Sloveniya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995-yil 16-yanvarda o'rnatilgan.
Tajribali diplomat Darya Bavdaj Kuret 2019-yildan 2024-yilgacha Sloveniyaning Toshkentdagi elchisi bo'lib ishlagan Branko Rakoves o'rniga tayinlandi.
Anvar Ilyasov olgan surat ("Dunyo" AA)
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi