Logo

O'zbekiston TIV rahbari maslahatchisi Norvegiya elchisi bilan muhim sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi

May 21, 2025. 21:18 • 37 soniya

1007
O'zbekiston TIV rahbari maslahatchisi Norvegiya elchisi bilan muhim sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi

TOSHKENT, 21-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova bugun Norvegiya elchisi Jon Mikala Kvistad bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar ekologiya, iqlim, migratsiya, to'qimachilik sanoati va baliqchilik kabi qator muhim yo'nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi. Norvegiya tomoni beshta shimoliy mamlakatlar ishtirokida mintaqaviy hamkorlik, jumladan, ilmiy va ta'lim loyihalarini ilgari surish sohasida tajriba almashishga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Norvegiya o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, tomonlar uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha aniq qadamlar ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklari bildirildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish