Logo

O'zbekiston TIV rahbarining maslahatchisi YUNISEF vakili bilan uchrashdi

Fevral 14, 2025. 18:26 • 34 soniya

108
O'zbekiston TIV rahbarining maslahatchisi YUNISEF vakili bilan uchrashdi

TOSHKENT, 15-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova 13-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasining (YUNISEF) O'zbekistondagi vakili Rehina Kastijio bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda O'zbekistonning so'nggi yillarda yangi dinamika kasb etgan YUNISEF bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Rehina Kastijio YUNISEF "O'zbekiston – 2030" strategiyasining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga to'liq mos keladigan maqsad va vazifalarini qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Shuningdek, YUNISEF sog'liqni saqlash, ta'lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, onalik va bolalikni qo'llab-quvvatlash sohalarida muhim tashabbuslarni amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi bildirildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish