O'zbekiston ochlik va kambag'allikka qarshi kurash bo'yicha Global alyansga qo'shildi
Noyabr 29, 2024. 21:27 • 47 soniya
• 1944
TOSHKENT, 29-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatimiz Ochlik va kambag'allikka qarshi kurash bo'yicha global alyansga qo'shilganini rasman e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Respublikasi Ochlik va kambag'allikka qarshi kurash bo'yicha global alyansga rasman qo'shildi, — deyiladi TIV saytida e'lon qilingan xabarda. — Bu Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash bo'yicha global sa'y-harakatlarni kuchaytirish yo'lidagi muhim qadamdir. Bu tarixiy qadam global oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog'liq ortib borayotgan muammolar va O'zbekistonning ochlik, qashshoqlik va tengsizlik bilan bog'liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etish istagiga javoban amalga oshirildi. Global alyansga a'zo bo'lish O'zbekistonga tajriba almashish, xalqaro investitsiyalarni jalb etish hamda ushbu dolzarb masalalarni hal etish bo'yicha boshqa davlatlar va tashkilotlar bilan qo'shma dasturlarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi".
Bugungi kunga qadar ushbu hujjatga 100 dan ortiq davlat qo'shilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi