O'zbekistonning yangi elchisi Avstriyaga yetib bordi
Oktabr 27, 2023. 11:47 • 58 soniya
• 2805
VЕNA, 27-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo»AA muxbiri.

Baxtiyor Ibragimov Venaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017–2023-yillar), lavozimida ishlagan. U 57 yoshda. Toshkent xalq xo'jaligi institutini (hozir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.
U 1992-yildan beri TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O'zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan.
U Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.
Baxtiyor Ibragimov 2020-2023-yillarda Venada elchi bo'lib ishlagan Abat Fayzullayev o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston va Avstraliya yetakchi kompaniyalari qo‘shma loyihalarni kengaytirishdan manfaatdor



