Logo

Boku shahrida O'zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo'lib o'tdi

Iyul 02, 2025. 09:07 • 39 soniya

508
Boku shahrida O'zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. Kecha Boku shahrida O'zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar delegatsiyalariga O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Samir Sharifov rahbarlik qildilar.

Muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy muloqotni oliy va yuqori darajalarda yanada mustahkamlash muhimligini ta'kidladilar.

Ikki mamlakat o'rtasidagi tashriflar almashinuvi masalalarini birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, o'zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov tomonidan qabul qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish