O'zbekistonning yangi elchisi Londonga yetib bordi
Noyabr 15, 2023. 09:21 • 36 soniya
• 2450
LONDON, 15-noyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmonov kecha tunda Londonga yetib bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

U 2018-yildan buyon mamlakatimizning Malayziyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 45 yoshda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), O'zbekiston TIVning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan.
Tashqi siyosat idorasidagi faoliyatini 2000-yilda boshlagan. O'tgan yillar davomida markaziy apparatda va O'zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. Shundan keyin TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasini boshqargan. Fransiyadagi elchi, shuningdek, Italiya va Portugaliyadagi o'rindoshlik asosidagi elchi lavozimida faoliyat ko'rsatgan.
Ravshan Usmonov 2019-yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi