O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Afg'oniston TIV vakili ikki va ko'p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar
Oktabr 24, 2025. 19:36 • 39 soniya
• 231
TOSHKENT, 24-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Afg'oniston tashqi ishlar vazirligi uchinchi siyosiy boshqarmasi boshlig'i Abdul Hay Qanit bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida tomonlar o'zaro hamkorlikning siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy sohalaridagi asosiy yo'nalishlarini muhokama qildilar.
Turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, mavjud potensiallardan to'laqonli foydalanishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Tomonlar, shuningdek, xavfsizlik masalalari va Afg'onistonda barqaror tinchlik o'rnatish bo'yicha ikki va ko'p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi va ikki mamlakat tashqi siyosiy mahkamalari o'rtasidagi amaliy muloqotni kelajakda tizimli ravishda davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi