Logo

Samarqandda O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi

Noyabr 04, 2025. 18:39 • 34 soniya

225
Samarqandda O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi

SAMARQAND, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon Aloyev Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Aleksandr Pankin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qilishgan.

Rossiya diplomati YUNESKO Bosh konferensiyasining

43-sessiyasi Samarqandda tashkil etilganini yuqori baholadi va bunday nufuzli xalqaro forumning O'zbekistonda o'tkazilishi mamlakatning global miqyosdagi obro'si ortib borayotganining yaqqol dalili ekanini ta'kidladi.

Uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik aloqalariga alohida e'tibor qaratildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish