Logo

O'zbekiston hududlarida turizmning rivojlanishida nomoddiy madaniy merosning o'rni beqiyos

Dekabr 26, 2024. 15:41 • 2 daq

98
O'zbekiston hududlarida turizmning rivojlanishida nomoddiy madaniy merosning o'rni beqiyos

SEUL, 26-dekabr. /"Dunyo" AA /. Janubiy Koreyaning "ICH Courier" jurnalida "O'zbekistonning qishloq hududlarida turizmning rivojlanishida nomoddiy madaniy merosning o'rni" nomli maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekiston o'zining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va go'zal tabiati bilan, turizmni rivojlantirishga katta e'tibor qaratadigan davlatlar qatoriga kiradi.

Qayd etilishicha, qishloq turizmi O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o'ynamoqda, sayyohlarga an'anaviy qishloq hayoti, hunarmandchilik va taomlarini o'ziga xos tarzda tajriba qilish imkonini yaratmoqda. Mamlakatda ekoturizmga bo'lgan qiziqishning ortishi xorijiy sayyohlarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Buxoro, Xorazm va Samarqand kabi shaharlarda o'tkaziladigan mahalliy festivallar mamlakat tarixini va madaniyatini keng tanishtirishga xizmat qiladi, yozilgan jurnalda. Qishloq turizmi mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o'rinlari yaratish va an'anaviy hunarmandchilikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.

Nashrda, shuningdek, O'zbekiston Buyuk ipak yo'lining ajralmas qismi sifatida o'zining qadimiy me'morchilik obidalari, gavjum bozorlari, betakror tabiati bilan Janubiy Koreya turizm bozorida ommalashib borayotganini ta'kidlaydi.

O'zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan qishloq turizmi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish, shuningdek, avlodlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim omilga aylanib bormoqda, deb yozadi "ICH Courier".

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish