Logo

"Al Harir" nashri: O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining iqtisodiy kun tartibini faol shakllantirmoqda

Oktabr 07, 2025. 17:38 • 2 daq

25
"Al Harir" nashri: O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining iqtisodiy kun tartibini faol shakllantirmoqda

AR-RIYOZ, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Al Harir" nashrida "Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirish tahlili" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a'zo bo'lgan nisbatan qisqa muddat ichida kuzatuvchi davlatdan integratsiya loyihalarining asosiy tashabbuskoriga aylandi, – deb yozgan muallif maqola avvalida. – Mamlakat tashkilotning iqtisodiy kun tartibini faol shakllantirmoqda, savdo, sarmoya, transport, raqamlashtirish va barqaror rivojlanish sohasidagi tashabbuslarni ilgari surmoqda".   Bugun biz nafaqat deklarativ takliflar, balki turkiy davlatlar uchun umumiy iqtisodiy makonni shakllantirishda O'zbekistonning roli ortib borayotganini tasdiqlovchi ularni amaliy amalga oshirishning dastlabki natijalari haqida ham gapirishimiz mumkin.

Muallifga ta'kidiga ko'ra, bo'lib o'tgan TDT sammitlari O'zbekiston tomonidan e'lon qilingan tashabbuslarning katta qismi deklarativ bosqichdan amaliy amalga oshirish bosqichiga o'tganini ko'rsatdi.

"Avvalo, Turkiy investitsiya jamg'armasining ishga tushirilishi e'tiborga loyiq. Uni tashkil etish to'g'risidagi qaror 2022-yilda Samarqandda qabul qilingan, 2023-yilda Anqarada qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan va 2024-yil boshidan kuchga kirgan. 2025-yilning fevralida Ozarbayjonda bo'lib o'tgan TDT mamlakatlari biznes-forumida Turkiy investitsiya jamg'armasining ustav kapitalini 20 foizga – 500 million dollardan 600 million dollarga oshirish to'g'risida qaror qabul qilindi",– deyilgan nashrda.

Nashrda qayd etilishicha, bugungi kunda jamg'arma qo'shma loyihalarni qo'llab-quvvatlashni allaqachon boshlab yuborgan, buni moliyaviy integratsiyaning katta yutug'i deb hisoblash mumkin. Biroq Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish taklifi muhokamada qolmoqda va umumiy moliyaviy arxitekturani shakllantirishning navbatdagi bosqichi sifatida ko'rilmoqda.

Yaqinda bo'lib o'tgan TDT sammitlari Tashkilot allaqachon tizimli iqtisodiy integratsiya uchun asosga ega ekanligini ko'rsatdi. O'zbekistonning Turkiy investitsiya jamg'armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish, "yashil yo'laklar" va raqamli savdo maydonchalarini ishga tushirish, transport kengashlari va har yili o'tkaziladigan iqtisodiy forumlarni shakllantirish bo'yicha takliflari izchil kuchaytirilishi lozim bo'lgan yo'nalishni belgilab berdi. Keyingi qadamlar ushbu tashabbuslarni institutsionallashtirishga, ularni oddiy deklaratsiyaga emas, balki haqiqiy faoliyat mexanizmlariga aylantirishga qaratilgan bo'lishi kerak.

"Barqaror rivojlanish, "yashil" iqtisodiyot loyihalari, atrof-muhitni muhofaza qilish va oziq-ovqat xavfsizligiga alohida e'tibor qaratish lozim. Shunday qilib, so'nggi yillar tajribasi shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston TDT doirasida iqtisodiy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Biroq, keyingi bosqichning asosiy vazifasi bu tashabbuslarni barqaror institutlarga aylantirishdir", – deyiladi "Al Harir" maqolasi xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish