Logo

"Diplomacy India": Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tadi

Iyun 03, 2025. 19:50 • 49 soniya

72
"Diplomacy India": Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tadi

DEHLI, 3-iyun. /"Dunyo" AA/. Hindistonning "Diplomacy India" axborot portalida shu yilning iyun oyida O'zbekistonda bo'lib o'tadigan "MINEX Central Asia 2025" forumi haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ushbu forum kritik minerallar bo'yicha global kelajak masalalariga bag'ishlangan bo'lib, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston texnologik metallar kombinati mezbonligida tashkil etilmoqda", – deb ta'kidlangan maqolada.


Hind jurnalisti o'quvchilar e'tiborini "MINEX Central Asia 2025" doirasida nodir metallar bo'yicha ishlab chiqarishdan to qayta ishlashgacha bo'lgan barqaror ta'minot zanjirlarini yaratish, mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy ishonch muhitini shakllantirish, qayta ishlash, raqamlashtirish va innovatsiyalar, global ta'minot zanjirlariga integratsiya, tashqi investorlar ishtirokidagi yuqori texnologik loyihalarni targ'ib qilish va boshqa dolzarb masalalar ko'rib chiqilishiga qaratgan.


Shuningdek, ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida geologiya va konchilik sohasida yangilik yaratayotgan, barqarorlik va yetakchilikni namoyon etayotganlarni taqdirlash bo'yicha "Central Asian Mining & Geological Exploration Award" mukofotini topshirish marosimi o'tkazilishi ma'lum qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish