Logo

"Hadarmawt": 2025-yil may oyida O'zbekistonga 1,1 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

Iyun 25, 2025. 16:36 • 2 daq

79
"Hadarmawt": 2025-yil may oyida O'zbekistonga 1,1 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

SANA, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Yamanning nufuzli "Hadarmawt" elektron nashrida "O'zbekiston "Eco Expo Central Asia 2025" ko'rgazmasida kelajak ekoturizmini taqdim etdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda 2025-yil 19-21-iyun kunlari Toshkentdagi "Central Asian Expo" ko'rgazma majmuasida Markaziy Osiyodagi eng yirik " Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tgani haqida so'z boradi.

"Ekologik texnologiyalarga, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va "yashil" iqtisodiyotga bag'ishlangan ushbu ko'rgazmada O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo'mitasi mamlakatning ekologik turizm sohasidagi yutuqlarini namoyish etdi. Milliy an'analar va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unligiga urg'u berilgan O'zbekiston pavilyoni ko'rgazma ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi",– deb yozilgan maqolada.

Shuningdek, nashrda xorijiy sayyohlarning O'zbekistonga bo'lgan qiziqishi tobora ortib borayotgani urg'ulangan. Ma'lum qilinganidek, birgina 2025-yil may oyining o'zida mamlakatga 1,1 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Bu esa davlat tomonidan turizmni ochiq, ekologik va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan islohotlarning samaradorligini tasdiqlaydi.

"Eco Expo Central Asia 2025" ko'rgazmasida ishtirok etish O'zbekistonning ekologik yo'naltirilgan turizmni rivojlantirish bo'yicha mintaqada yetakchi o'rinni egallashga intilishini va ushbu sohada faol xalqaro hamkorlikka tayyorligini butun dunyoga namoyish etish imokniyatini taqdim etdi. Milliy stend nafaqat O'zbekistonning barqaror turizmining tashrif qog'ozi, balki konstruktiv muloqot, tajriba almashish va kelajak uchun samarali yechimlarni ishlab chiqish maydoniga aylandi",– deya ta'kidlangan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish