"Il Messaggero" gazetasi: Yangi O'zbekiston dunyoviy va barqaror davlat
Avgust 31, 2025. 13:43 • 2 daq
• 78
RIM, 31-avgust /"Dunyo" AA/. Italiyaning nufuzli "Il Messaggero" gazetasida sayohatchi publitsist Ornelli D'Alessioning O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallifning yozishicha, afsonaviy Buyuk ipak yo'lida joylashgan O'zbekiston asrlar davomida turli madaniyatlar, texnologiyalar va dinlar almashinuvinining muhim chorrahasi sifatida shuhrat qozongan.
"Ayniqsa moviy gumbazli masjidlarning betakror arxitekturasi, ulug' avliyolar ziyoratgohlari, madrasalar, xonaqohlar va sharqona uslubda bezatilgan ko'chalar sizni hayratga soladi", – deyiladi maqolada.
O'tmishning buyuk sayyohlarining fikricha, Samarqand bilan bellasha oladigan yagona shahar – bu Buxoro bo'lgan. Bugun esa ko'hna Buxoro Markaziy Osiyoning timsoliga aylangan. Uni ming yillik tarixga ega binolar orasi bo'ylab sayr qilib ko'rish kishiga o'zgacha taassurot qoldiradi.
"O'zbekiston poytaxti Toshkentda eng ko'p o'zgarishlar yaqqol ko'zga tashlanadi. Shahar zamonaviy megapolisga aylangan va bu hatto metroda ham yaqqol ko'rinib turibdi, bu yerdagi ba'zi bekatlar shu qadar go'zalki, diqqatga sazovor joylar sifatida tashrif buyurishga arziydi Masalan, "Kosmonavtlar" bekati buyuk astronom Mirzo Ulug'bek, Yuriy Gagarin va koinotga uchgan birinchi ayol Valentina Tereshkovaga bag'ishlangan va ushbu yer ostidagi "muzey" moviy ranglar bilan bezatilgan", – deb yozgan muallif.
U, shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat taraqqiyoti yo'nalishini butunlay o'zgartirganini alohida qayd etgan. "Bugungi Yangi O'zbekiston dunyoviy va barqaror davlatdir", – deya urg'ulagan Ornelli D'Alessio maqolasi oxirida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi