"Nabd Al Hadas": TXIF Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va "O'zbekiston – 2030" strategiyasi o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni namoyon etdi
Iyun 26, 2025. 12:43 • 2 daq
• 39
AR-RIYOZ, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining ommabop "Nabd Al Hadas" elektron nashrida "Toshkent xalqaro investitsiya forumi – iqtisodiy modernizatsiya va hamkorlik platformasi bo'ldi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Nashrda 10-12-iyun kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) yakunlari va mazkur anjumanning ahamiyati haqida so'z yuritilgan.
Unda so'nggi yillarda O'zbekistonda faol iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonlarining izchil amalga oshirilayotgani, xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochilayotgani qayd etilgan.
"Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF), bu nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida kuzatilayotgan yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini namoyon etuvchi nufuzli xalqaro maydon hamdir. Mazkur forum global investorlar uchun O'zbekistonda mavjud bo'lgan salmoqli investitsiya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi" – deya urg'ulanadi maqolada.
Muallif o'quvchilar e'tiboriga forum doirasida raqamli transformatsiya, "yashil iqtisodiyot", energetika, turizm va ta'lim sohalarida o'nlab innovatsion g'oyalar taqdim etilgani haqidagi aniq ma'lumotlarni ham taqdim qilgan. Ularning amaliyotga joriy etilishi aholi uchun hamyonbop va sifatli xizmatlar, ekologik toza mahsulotlar hamda yangi infratuzilmalarni shakllantirishda muhim omil bo'ladi, deb ta'kidlagan u.
Maqola so'ngida "Forum mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va "O'zbekiston – 2030" strategiyasi o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni namoyon etdi. Xalqaro hamjamiyat O'zbekistonni endi nafaqat tabiiy resurslarga ega davlat, balki qonuniy kafolatlar, inson kapitali va raqamli boshqaruvga ega hudud sifatida ko'ra boshladi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi