"Q8 Press": Raqamlashtirish SHHTning uzoq muddatli rivojlanish rejalariga va institutsional arxitekturasiga kiritilgan
Avgust 31, 2025. 13:05 • 2 daq
• 19
AL-KUVAYT, 31-avgust. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Q8 Press" elektron portalida "SHHTning raqamli rivojlanish strategiyasi: imkoniyatlar va muammolar" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) o'zining raqamli kun tartibini amalga oshirishda muhim bosqichga kirgani qayd etilgan .So'nggi besh yil ichida tashkilot raqamlashtirishni tobora faol ravishda deyarli barcha yo'nalishlarga – elektron boshqaruv va transchegaraviy savdodan tortib kiberxavfsizlik, infratuzilma rivojlantirish hamda sun'iy intellektgacha – joriy etmoqda.
"Biroq, deklaratsiyalardan amaliyotga o'tilar ekan, SHHT texnologik nomutanosibliklar, suverenitetlar o'rtasidagi raqobat va tashqi geosiyosiy bosimlar bilan belgilanadigan murakkab sharoitga duch kelmoqda", – deya qayd nashrda.
Kuvayt OAV yozganidek, a'zo davlatlarning siyosiy rahbariyati raqamli transformatsiyani eng muhim strategik ustuvor yo'nalishlardan biri deb belgilagan. Raqamlashtirish tashkilotning uzoq muddatli rivojlanish rejalariga va institutsional arxitekturasiga kiritilgan.
Bu qator asosiy hujjatlarda aks etgan: 2020-yilda qabul qilingan SHHT Davlat rahbarlari kengashining Raqamli iqtisodiyot haqidagi bayonoti, 2023-yildagi Raqamli transformatsiya to'g'risidagi bayonot hamda 2025-yil iyunida tasdiqlangan Raqamli transformatsiya bo'yicha Harakatlar rejasi.
Shu bilan SHHT raqamli transformatsiyani endilikda tor sohaviy masala sifatida emas, balki mintaqaviy integratsiya va tobora ikkiga bo'linayotgan global texnologik tartibda strategik avtonomiya uchun asos sifatida ko'rmoqda.
Muallif yozganidek, tashkilotning raqamli integratsiyaga tobora ko'proq yo'nalishini bir qator jarayonlar tasdiqlaydi.
"Q8 Press" elektron portalida joylashtirilgan maqola xulosasida "SHHTning raqamli transformatsiya strategiyasi keng qamrovli va o'z vaqtida ishlab chiqilgan. Bu global boshqaruvdagi bo'shliqlarni to'ldirishga intilayotgan mintaqaviy tashkilotlar tendensiyasini aks ettiradi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi