"Times Kuwait" gazetasi: Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi joriy va istiqboldagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi
Aprel 25, 2025. 12:38 • 51 soniya
• 66
AL-KUVAYT, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Times Kuwait" gazetasida "Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi tahlil markazlari birinchi forumi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda shu yilning 28-29-aprel kunlari Toshkent shahrida "Strategik sheriklikni mustahkamlash: tarixiy aloqalardan keng qamrovli hamkorlik sari" mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi tahlil markazlari birinchi forumi bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.
Ta'kidlanganidek, tadbir O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Saudiya Arabistonining "Gulf Research Center" tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
"Forum ishtirokchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi joriy va istiqboldagi hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qiladilar. Mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha siyosiy muloqotni va o'zaro kelishilgan yondashuvlarni mustahkamlash, savdo va investitsiya aloqalarini chuqurlashtirish, "yashil" energetika va transport yo'laklarini rivojlantirish sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ekspertlar diqqat markazida bo'ladi", – deb yozgan Kuvayt OAV.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi