"Travel&Tours World": Orol madaniyati sammiti – Markaziy Osiyo oldida turgan dolzarb ekologik muammolarni muhokama qilish uchun muhim platforma
Aprel 10, 2025. 12:02 • 2 daq
• 66
VARSHAVA, 10-aprel. /"Dunyo" AA/. Polshaning turizm yo'nalishini yoritishga ixtisoslashgan "Travel&Tours World" portalida "O'zbekiston: Orol madaniyati sammiti-2025, Orol dengizi havzasida barqaror ekologik yechimlar bilan turizmga yangi umid bag'ishlaydi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda shu yilning 4-6-aprel kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tgan Orol madaniyati sammiti (ACS) global turizm, barqaror ekologik rivojlanish va madaniy muloqotga sezilarli ta'sir ko'rsatishi qayd etilgan. Orolbo'yi mintaqasini tiklashga qaratilgan ushbu madaniy-ekologik tashabbus turli siyosatchilar, san'atkorlar, ekologlar va madaniyat arboblarini birlashtirdi.
Sammit Markaziy Osiyo oldida turgan dolzarb ekologik muammolarni, xususan, Orol dengizi inqirozi va uning global turizmga yana-da kengroq oqibatlarini muhokama qilish uchun platforma bo'lib xizmat qildi.
"Bir paytlar dunyodagi to'rtinchi eng katta ko'l bo'lgan Orol dengizi bir necha o'n yillardan buyon unga quyiladigan daryolar oqimining burilishi tufayli qisqarib, katta ekologik inqirozni keltirib chiqardi. Bu mahalliy aholi va kengroq ekotizim muvozanatiga jiddiy ta'sir ko'rsatib, sog'liq, iqtisodiy tanazzulga va biologik xilma-xillikning yo'qolishiga olib keldi. Orol madaniyati sammiti davom etayotgan ushbu ekologik ofatga e'tibor qaratadi va barqaror yechimlarni topish uchun hamkorlikni rivojlantiradi. Mintaqada atrof-muhitni qayta tiklashga shoshilinch ehtiyoj borligini hisobga olsak, sammit mintaqaning ekologik muammolari haqida xabardorlikni oshirish va barqaror turizm amaliyotini rag'batlantirish orqali global turizmga ta'sir qilishi shubhasiz", – deyilgan maqolada.
Polsha OAV ta'kidlaganidek, 5-6-aprel kunlari Qoraqalpog'istonning Nukus shahrida o'tkazilgan Orol madaniyati sammiti dasturi panel muhokamalari, davra suhbatlari, ko'rgazmalar va badiiy chiqishlarni o'z ichiga oldi.
Maqola yakunida "Orol madaniyati sammiti san'at, madaniyat va ekologik barqarorlikka bo'lgan fanlararo yondashuvi bilan mintaqa va jahon turizm sanoati uchun o'zgaruvchan voqea bo'ldi. Ushbu tashabbusning global ta'siri butun turizm industriyasida aks etib, ekoturizm, madaniy sayohat va mas'uliyatli turizm amaliyotidagi kelajakdagi tendensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi