"Ukraїnskiy Dosh" AA: O'zbekiston transport-logistika sohasidagi tashabbuslarni xalqaro miqyosda faol ilgari surmoqda
Avgust 11, 2025. 20:27 • 2 daq
• 28
KIYEV, 11-avgust /"Dunyo" AA/. Ukrainaning "Ukraїnskiy Dosh" axborot agentligi "O'zbekiston xalqaro hamkorlar bilan birgalikda kelajakka yo'naltirilgan yangi transport yo'nalishlarini ochmoqda" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada shu yil 5-8 avgust kunlari Turkmanistonning "Avaza" milliy turistik hududida BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan mamlakatlar bo'yicha III Konferensiya bo'lib o'tgani ma'lum qilingan. Unda 32 ta dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O'zbekiston ham ishtirok etdi. "Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur anjumandagi ishtiroki mamlakatning global iqtisodiy integratsiyaga qat'iy intilishi va transport-logistika sohasidagi tashabbuslarini xalqaro miqyosda ilgari surishini yana bir bor tasdiqlaydi", – deyilgan nashrda.
Ta'kidlanishicha, O'zbekiston ushbu konferensiyalar doirasida qabul qilingan Olmaota va Vena dasturlarini qo'llab-quvvatlab, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, savdo yo'laklarini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan islohotlarni izchil amalga oshirmoqda.
"Transafg'on temir yo'li, "Bir kamar – bir yo'l" va Xitoy–Markaziy Osiyo kabi loyihalardagi faol ishtirok — bu yo'nalishdagi harakatlarning yaqqol dalilidir", – deb ta'kidlangan manbada.
O'zbekistonning BMT, SHHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotidagi faolligi, 2022 yilda BMTda qabul qilingan Markaziy va Janubiy Osiyoning o'zro bog'liqligiga oid rezolyutsiya kabi tashabbuslari mamlakatning global muloqotdagi faol rolini tasdiqlaydi. Bular orqali O'zbekiston o'zining strategik joylashuvini yangi imkoniyatlarga aylantirishga intilmoqda.
"Dengizga chiqish imkoniga ega bo'lmagan O'zbekiston buni yechim talab qiluvchi muammo emas, balki global logistika tizimidagi yangi pozitsiya sifatida ko'rmoqda. Bugungi kunda mamlakat nafaqat transport uzeliga, balki mintaqaviy barqarorlik va hamkorlik markaziga aylanmoqda", – deb yozilgan "Ukraїnskiy Doщ" AA maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi