Logo

"Watan News" gazetasi: Surxandaryo nafaqat tarixiy, balki tabiiy va shifobaxsh salohiyati bilan ham betakror hudud

Iyul 07, 2025. 11:51 • 2 daq

48
"Watan News" gazetasi: Surxandaryo nafaqat tarixiy, balki tabiiy va shifobaxsh salohiyati bilan ham betakror hudud

AR-RIYOZR-RIYOT, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonning "Watan News" gazetasida "O'zbekistonning Surxondaryo viloyati – qadimiy sivilizatsiyalar beshigi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Surxandaryo viloyatining o'ziga xos tabiati, boy tarixi va madaniy merosi qalamga olingan. "Surxandaryo — O'zbekistonning eng janubiy qismi bo'lib, u qadimgi sivilizatsiyalarning beshigi hisoblanadi. Mazkur hududdagi mashhur arxeologik yodgorliklar, tarixiy qadamjolar va me'moriy yodgorliklar sayyohlar orasida mashhur. Ular qatorida Dalverzintepa, Fayoztepa, Qaratepa va Hakim at-Termiziy maqbarasini alohida ta'kidlash joiz", – deb ta'kidlangan nasharda.

Materilda Surxonaryoda tabiiy va ekologik turizm ham rivojlangani qayd etilgan. "Surxandaryo tog'lari, paleontologik obyektlari va petrogliflari, jumladan, Qizil kanyon, Boy-Buloq va Machay g'orlari, Zarautsay, Kaptarxona va Karishoto vodiylari tabiatsevarlarni rom etishi bor gap. Hududda joylashgan tabiiy moʻjizalar, jumladan, Sangardak sharsharasi va Beshbulaq ko'li, sayyohlarga faol dam olish va ilmiy tadqiqotlar uchun imkoniyat yaratadi", – deyilgan maqolada.

Nashrda, shuningdek, Surxandaryoning madaniy merosi, milliy taomlari, shifobaxsh manbalar va sanatoriylar haqidagi ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim etilgan.

"Boysun bahori" kabi festivallar, "Omonxona" va "Xo'jaybuk" kabi tabiat qo'ynidagi shifoxonalar, UNESCO ro'yxatiga kiritilgan madaniy an'analar — bularning barchasi Surxandaryoning turizm salohiyatini yana-da oshiradi. Ushbu muhim jihatlar Surxandaryoni nafaqat tarixiy, balki tabiiy va shifobaxsh salohiyati yuqori bo'lgan betakror hudud sifatida namoyon etadi", – deb yozilgan "Watan News" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish