"Al-Diplomasi" AA: "KADHK – Markaziy Osiyo" formati mintaqalararo o'zaro hamkorlikning o'ziga xos modelini ifodalaydi
Aprel 21, 2025. 15:05 • 2 daq
• 91
QOHIRA, 21-aprel. /"Dunyo" AA/. Misrning "Al-Diplomasi" axborot agentligi "KADHK – Markaziy Osiyo: mintaqaviy diplomatiyaning yangi modeli" sarlavhali maqolani arab va ingliz tilida e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, xalqaro ekspertlar hamjamiyati zamonaviy dunyoda mintaqaviy diplomatiya rolining o'zgarishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Turli mintaqalar o'rtasidagi diplomatik muloqot nafaqat xalqaro aloqalarni mustahkamlash, balki davlatlarning o'zaro bog'liqligi ortib borayotgan sharoitda global muammolarni samarali hal etishning asosiy vositasiga aylanmoqda.
"Shu nuqtai nazardan, Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi hamkorlik formati mintaqalararo o'zaro hamkorlikning o'ziga xos modelini ifodalaydi. Bu formatning o'ziga xosligi shundaki, u ikkita geostrategik muhim mintaqani birlashtiradi, ularning har biri o'ziga xos rivojlanishga ega, lekin ayni paytda chuqur tarixiy, madaniy va diniy aloqalarga ega", – deb yozadi muallif.
Ta'kidlanishicha, ikki ming yildan ortiq davom etgan Markaziy Osiyo va Arabiston yarim oroli o'rtasidagi o'zaro munosabatlar bir qancha muhim o'zgarishlarni boshdan kechirdi.
KADHK va Markaziy Osiyo o'rtasida tizimli diplomatik muloqotni shakllantirish bir necha muhim bosqichlarni bosib o'tdi va ularning har biri ikki mintaqa o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi.
2025-yil may oyida O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Ikkinchi "KADHK – Markaziy Osiyo" sammitiga faol tayyorgarlik boshlandi. Sammit o'tkaziladigan joy sifatida Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri, boy tarix va madaniy merosga ega Samarqandning tanlangani ramziy ma'noga ega. Shahar asrlar davomida savdo aloqalari, intellektual taraqqiyot va xalqaro diplomatiyaning asosiy markazi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
"Ushbu modelning salohiyati ikki tomonlama hamkorlik doirasidan tashqariga chiqib, Arabiston yarim orolidan Xitoy chegaralarigacha bo'lgan ulkan hududda yangi transport-logistika yo'laklari, energiya ittifoqlari va investitsiya mexanizmlarini shakllantirish sharoitida strategik ahamiyatga ega. Shu bilan birga, madaniy-sivilizatsiyaviy qadriyatlar va tarixiy merosning mushtarakligi uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi", – deb yozilgan "Al-Diplomasi" AA tarqatgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi