"Ukraїnskiy Dosh": Xorijiy investorlar Yangi O'zbekistondagi keng ko'lamli islohotlar dasturini yuqori baholamoqda
Iyun 12, 2025. 10:06 • 2 daq
• 42
KIYEV, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning "Ukraїnskiy Doщ" ("UKRRAIN") axborot agentligi "O'zbekistonning "Oltin viza" dasturi xorijiy investorlarni rag'batlantirish yo'lidagi navbatdagi qadam" sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 aprel kuni qabul qilingan "Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida "Oltin viza" berish haqida so'z borgan.
Bu masala farmonning 26-bandida o'z ifodasini topgan. Hujjatga muvofiq, investitsiyalarni rag'batlantirish maqsadida joriy yil 1-iyundan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga 250 ming AQSh dollari hamda ularning har bir oila a'zosiga (turmush o'rtog'i, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQSh dollari miqdoridagi to'lovlar evaziga O'zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
"Oltin viza" dasturi xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, huquqiy kafolatlar berish, mamlakat sarmoyaviy muhitini mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, bu mamlakat ochiqligi, kapitalni himoya qilish, barqaror xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Ta'kidlash kerakki, so'nggi sakkiz yilda, xalqaro maydondagi ziddiyatlarga qaramasdan ochiq va pragmatik tashqi siyosat yurgizish O'zbekistonning jahon arenasidagi tashrif qog'oziga aylandi", – deyilgan maqolada.
"Ukraїnskiy Doщ" AA yozganidek, O'zbekiston, ayniqsa, xorijiy investorlar uchun qulay makonga aylandi. "O'sib borayotgan iqtisodiy salohiyati bilan ushbu yo'nalishda O'zbekiston Markaziy Osiyoda eng jozibador manzil hisoblanadi, desak xato bo'lmaydi", – deya ta'kidlagan muallif.
Shuningdek, materialda bugun O'zbekistonning qaysi go'shasiga bormang, yangi investitsiyaviy loyihalar va qo'shma korxonalarga duch kelishingiz qayd etilgan. Ular yurt ravnaqi, aholimiz farovonligini ta'minlashga, yangi ish o'rinlari yaratishga va ijtimoiy obyektlar qurilishiga xizmat qilayapti.
Bundan tashqari, O'zbekiston Prezidenti yetakchisi huzurida Xorijiy investorlar kengashi tuzilgani xabar qilingan.
"Xorijiy investorga "Oltin viza" berish bo'yicha navbatdagi tashabbus ham O'zbekistonda chet eldan sarmoyalarni jalb etishni jadallashtirishga keng yo'l ochadi. Mamlakatda faoliyat olib borayotgan xorijiy investorlar ham Yangi O'zbekistondagi keng ko'lamli islohotlar dasturini yuqori baholamoqda. Ularning ta'kidiga ko'ra, O'zbekiston rahbariyatining investitsiya faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgani va o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga qat'iy intilishi yuksak e'tirofga loyiq", – deya urg'ulangan nashrda.
Maqola "Oltin viza" dasturi milliy iqtisodiyotni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, davlat obyektlarini xususiylashtirish jarayonlariga, respublikaning ishchi kuchi mavjud bo'lgan hududlarida yangi ish joylarini yaratish maqsadlariga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy sarmoyalarni keng jalb etishga xizmat qiladi", – degan so'zlar bilan yakunlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi