2025-yilning birinchi choragida O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
Aprel 22, 2025. 15:15 • 30 soniya
• 90
OSTONA, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. 2025-yilning birinchi choragida O'zbekistonda yillik o'sish 20 foizni tashkil etib, 8,7 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Qozog'istonning "Kursiv" elektron nashrining yozishicha, investitsiyalar energetika, farmatsevtika, agrosanoat va transport sohalarida loyihalarni ishga tushirishga yo'naltirildi.
Prognozlarga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyotiga joriy yilning birinchi yarmida xorijiy sarmoya kiritilishi 18 milliard dollardan oshadi.
Joriy yil oxirigacha 42 milliard dollarlik investitsiya jalb etish rejalashtirilgan. Bu respublikada 81 ta yirik loyihani, sakkiz mingdan ortiq kichik va o'rta loyihalarni ishga tushirish imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi