"Business Central Asia": O'zbekiston Global startaplar indeksida 12 pog'ona yuqorilab, "TOP-100"likka kirdi
Avgust 23, 2025. 10:07 • 2 daq
• 70
DEHLI, 23-avgust. /"Dunyo" AA/. Hindistonda chop etiladigan "Business Central Asia" jurnali sahifalarida O'zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tiborga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi, – deb yozgan maqola muallifi. – Mamlakatda raqamli texnologiyalar rivoji uchun yaratilgan keng imkoniyatlar katta natijalar olib keldi. IT-park rezidentlari 2 ming 800 dan oshdi, xorijiy kompaniyalar 752 taga yetdi. Mazkur sohada 40 ming nafar yoshlar yuqori daromad topayapti".
Nashr O'zbekistonda so'nggi besh yilda soha eksporti 170 million dollardan 1 milliard dollarga yaqinlashgani, internet tezligi 7 barobar, mobil internet esa 4,5 barobar oshgani, 2024-yil sohadagi startaplarga 70 million dollar venchur investitsiya kiritilganiga alohida e'tibor qaratgan.
"Bularning natijasida "Global startaplar indeksi" reytingida O'zbekiston 12 pog'ona yuqorilab, "TOP-100"likka kirdi. O'tgan yili "Sun'iy intellektga tayyorlik" xalqaro indeksida yuqorilab, Markaziy Osiyoda birinchi o'rinni egalladi. Mamlakat telekommunikatsiya sohasining o'sish sur'atlari bo'yicha MDH davlatlari reytingida peshqadamlik qilmoqda", – deb urg'ulagan muallif.
"Business Central Asia" jurnali ushbu yo'nalishdagi ishlar izchil davom ettirilayotganini qayd etgan. Xususan, kelgusi yilda davlat xizmatlarini raqamlashtirishni 70 foizga, IT xizmatlari miqdorini 100 trillion so'mga yetkazish rejalashtirilgani, "Elektron hukumat rivojlanish indeksi"da kamida 55-o'ringa ko'tarilish maqsad qilingani haqida so'z yuritilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi