"Daily News Hungary": O'zbekiston AQSh va Yevropa bozorlari uchun muhim mineral resurslar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib beruvchi davlat bo'lish uchun barcha imkoniyatlarga ega
Iyun 19, 2025. 17:25 • 2 daq
• 73
BUDAPESHT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning nufuzli "Daily News Hungary" nashrida "TMK — muhim foydali qazilmalar sohasida O'zbekistonni jahon maydoniga olib chiqadigan brend" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda qayd etilishicha, O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) yakunlangan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi va forum mehmonlari hamda xorijiy investorlarga muhim mineral zaxiralar va sanoat salohiyatiga asoslangan mamlakat yondashuvini namoyish etdi.
"Bugun O'zbekiston muhim foydali qazilmalar sohasida yangi global markaz sifatida namoyon bo'lib, butun dunyo e'tiborini o'ziga tortmoqda. Shu bois forum doirasida mazkur strategik yo'nalish ham asosiy mavzulardan biri sifatida ilgari surilib, xalqaro investorlar va ekspertlarning diqqat markazida bo'ldi. Anjuman doirasida tashkil etilgan TMK stendiga Bolgariya Prezidenti Rumen Radev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso kabi qator oliy darajadagi mehmonlar tashrif buyurib, O'zbekiston texnologik metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan muhim foydali qazilmalar bo'yicha investitsiya loyihalari bilan tanishdilar", – deb yozadi muallif.
Shuningdek, nashrda, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2024-yilda tashkil etilgan O'zbekiston texnologik metallar kombinati sohadagi ulkan salohiyatni ro'yobga chiqarishga xizmat qilayotgani ta'kidlangan. Qayd etilishicha, hozirgi kunda zavodda 25 dan ortiq turdagi muhim foydali qazilmalarni qamrab oluvchi 70 dan ziyod investitsiya loyihasi ustida ish olib borilyapti. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 1,6 milliard AQSh dollariga teng.
"Forumda O'zbekistonning muhim foydali qazilmalari sohasini yuqori baholagan ko'plab investorlar ishtirok etdi va TMK bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish istagini bildirdi. Xususan, TMK loyihalariga AQShning Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi, Yevropa investitsiya banki, Shveysariyaning "SGS" Yaponiyaning "MITSUI & SO., LTD", Turkiyaning "Eskixisar" kabi bir qator yirik kompaniyalar yuqori qiziqish bildirdi", – deb urg'ulangan maqolada.
Bundan tashqari, "Daily News Hungary" nashrida e'lon qilingan materialda "Cove Capital" kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Pini Altausning quyidagi fikrlari o'rin olgan: "O'zbekiston AQSh va Yevropa bozorlari uchun muhim mineral resurslar asosida ishlab chiqarilgan yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlarni yetkazib beruvchi davlat bo'lish uchun barcha imkoniyatlarga ega".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi