"Daily News Hungary": O'zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga tashrifi ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikka turtki berdi
Iyul 16, 2025. 18:45 • 2 daq
• 66
BUDAPESHT, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Daily News Hungary" onlayn nashrida davlatimiz rahbari huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimovning "O'zbekiston tashabbuslari ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni faollashtirmoqda" sarlavhali maqolasini e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada 2-4-iyul kunlari bo'lib o'tgan davlat tashrifi doirasida Oliy Davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi bo'lib o'tgani O'zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining yuksak darajadagi ishonchi va strategik xususiyatidan dalolat berishi ta'kidlanadi.
Qayd etilganidek, O'zbekiston Prezidenti 4-iyul kuni Xonkendi shahrida bo'lib o'tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etib, murakkab geosiyosiy vaziyat sharoitida mazkur tuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi.
Maqolada O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi so'nggi sakkiz yil ichida hayratlanarli darajada o'sgani, bu ko'rsatkich 7,8 barobar oshib, 2024-yilda 253 million dollarga yetgani ma'lum qilingan.
"Sanoat, qishloq xo'jaligi, energetika va farmatsevtika kabi sohalarda amalga oshirilayotgan qo'shma loyihalar sarmoyaviy hamkorlik rivojiga ta'sir ko'rsatmoqda. Ozarbayjondan O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 2017-yildagi 142 ming dollardan 2024-yilda 79,5 million dollarga ko'tarildi. Ikki tomonlama hamkorlikni qo'llab-quvvatlashning muhim vositasi ustav kapitali 500 million dollar bo'lgan Ozarbayjon-O'zbekiston investitsiya kompaniyasidir",– deb yozadi "Daily News Hungary".
Vengriya elektron nashri O'zbekiston va Ozarbayjon transport aloqasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotgani haqida xabar qilgan. Qayd etilishicha, O'zbekistonning Ozarbayjon orqali yuk tashish hajmi to'rt yil ichida besh baravar oshib, 2024-yilda 1 million tonnaga yetdi. Shuningdek, Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirishni tezlashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi