Logo

"Stimme der Hauptstadt": Berlinda birinchi O'zbekiston va Germaniya tadbirkor ayollar forumi o'tkazildi

Iyun 14, 2025. 12:45 • 50 soniya

72
"Stimme der Hauptstadt": Berlinda birinchi O'zbekiston va Germaniya tadbirkor ayollar forumi o'tkazildi

BERLIN, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Germaniyaning "Stimme der Hauptstadt" onlayn nashrida mamlakatimiz elchixonasida o'tkazilgan O'zbekiston va Germaniya tadbirkor ayollar forumi haqida maqola e'lon qilindi, xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Birinchi marotaba o'tkazilgan tadbirkor ayollar forumiga O'zbekistondan Tadbirkor ayollar kengashi raisi boshchiligidagi "Mikrokreditbank" vakillari va ishbilarmon xotin-qizlardan iborat delegatsiya ishtirok etdi", – deya ma'lum qilingan nashrda.


Maqolada qayd etilishicha, O'zbekiston elchisi o'zining tabrik so'zida mamlakatda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa iqtisodiyot sohasidagi yirik o'zgarishlar haqida to'xtaldi va bu islohotlar natijasida xorijiy investorlarga ko'plab imkoniyatlar ochilganini ta'kidladi.


Anjumanda ayollarning nafaqat tadbirkorlik sohasidagi, balki madaniyat va san'at yo'nalishidagi faolligi, ular tomonidan tashkil etilayotgan jamiyatlar, xotin-qizlarning xalqlar do'stligi va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo'shayotgan hissalari qayd etildi.


"Tadbir doirasida, o'zbekistonlik rassomlar Sharifa Sharifxodjayeva, Nuriddin Rasulov va Diyor Roziqov asarlari ko'rgazmasi tashkil etildi. Berlindagi "Prima Piano Schule für Musik und Kunst" musiqa akademiyasi talabalari ijrosidagi kuy va qo'shiqlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi", – deb yozgan muallif.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish