Logo

Afg'oniston OAV: Toshkentda O'zbekiston va Xitoyning Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Sentabr 12, 2025. 18:32 • 2 daq

122
Afg'oniston OAV: Toshkentda O'zbekiston va Xitoyning Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

KOBUL, 12-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Afg'onistonning yetakchi "Tolo news" va "Ariana news" telekanallari O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Yue Syaoyun o'rtasida Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Teledasturlarda O'zbekiston va Xitoyning Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilingani qayd etilgan.


"Uchrashuvda Toshkent va Pekin Afg'onistondagi gumanitar vaziyatni yaxshilash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro sa'y-harakatlarini davom ettirishi hamda Afg'oniston bilan bog'liq yuqori darajadagi tadbirlarni birgalikda o'tkazish yuzasidan fikr almashildi", – deya ta'kidlangan afg'on OAV.


Dasturlarda afg'onistonlik siyosiy ekspertlar O'zbekiston rahbariyatining Afg'oniston bo'yicha olib borayotgan siyosatini ijobiy baholayotgani aytib o'tilgan.


Xususan, Muhammad Zalmay Afg'oniyor o'z intervyusida "O'zbekiston rahbariyatini so'nggi to'rt yil davomida Afg'oniston bilan aniq belgilangan o'zaro manfaatlar asosida munosabatlarni yo'lga qo'ydi. Shuningdek, O'zbekiston tomoni xalqaro hamjamiyatni Afg'oniston muammolariga befarq bo'lmaslikka chaqirmoqda", – deya ta'kidlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish