Belgiya OAV: O'zbekiston-YUNESKO hamkorligi har tomonlama rivojlanmoqda
Oktabr 07, 2025. 18:17 • 2 daq
• 63
BRYUSSEL, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Belgiyaning ommabop "Eurasiafocus.com" elektron nashrida "YUNESKO Bosh konferensiyasininng Samarqandda o'tkazilishi O'zbekistonning jahon madaniy-ma'rifiy taraqqiyotiga qo'shgan hissasining e'tirofidir" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda qayd etilganidek, 2023-yil noyabr oyida Parij shahrida bo'lib o'tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 42-sessiyasi yakunida uning navbatdagi, 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqand shahrida o'tkazish bo'yicha tarixiy qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorni tashkilotga a'zo 194 davlatning barchasi qo'llab-quvvatladi. Bu esa so'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga berilgan yuksak bahodir.
"Ushbu tashabbus, shuningdek, O'zbekiston uchun katta diplomatik yutuq bo'ldi, chunki YUNESKO so'nggi 40 yil ichida birinchi marta o'z sessiyasini boshqa davlat hududida o'tkazilishini e'lon qildi. Samarqandning ushbu jahon miqyosidagi tadbirni o'tkazish joyi sifatida tanlanishi mamlakatimizning madaniyat, fan va ta'lim sohasidagi yutuqlari hamda boy tarixiy va madaniy merosining yaqqol e'tirofi hamdir", – deb yozgan muallif.
Ma'lum qilinganidek, 2024-yil 16-martda O'zbekiston Prezidentining "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
"Qarorga ko'ra, mazkur tadbirga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha tashkiliy qo'mita tuzilib, zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkiliy qo'mita tomonidan sessiya bilan bog'liq tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish yuzasidan ishchi guruhlar tuzilib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sessiya ishtirokchilarining kelishi va ketishi, ularga viza rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmatlar ko'rsatish, asosiy tadbirlar va madaniy dasturlarda qatnashishlari masalalari YUNESKO bilan kelishgan holda hal qilinmoqda", – deya urg'ulangan maqolada.
Belgiya OAV, shuningdek, 43-sessiya va uning doirasidagi tadbirlarda 194 davlatdan 5 mingdan ortiq ishtirokchi kelishi kutilayotgani haqida yozgan.
"O'zbekiston-YUNESKO hamkorligi har tomonlama rivojlanmoqda. Mazkur xaqlaro tuzilma ko'magida mamlakatning boy tarixi va qadimiy an'analarini, o'zbek xalqi qadriyatlarini keng targ'ib qilish orqali ularni kelgusi avlodga yetkazish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu jabhadagi muhim vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisobladi", – deb ta'kidlangan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi